7Fitness — sport uskunalari distribusiyasi
7Fitness — sport uskunalari distribusiyasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya. Brendning vizual obrazi harakat, energiya va professional yondashuv g‘oyalariga asoslangan.
Vazifa:
Sport uskunalari yo‘nalishiga mos, zamonaviy, jiddiy va minimalistik logotip yaratish kerak edi. Unda brendning dinamik xarakterini ko‘rsatish muhim edi.
Yechim:
Biz grafik belgi asosida 7 raqamini olib, uning shaklini harakat va dinamika bilan bog‘ladik. Logotip lakonik tipografika bilan to‘ldirilib, yaxlit vizual tizim yaratildi. Konsepsiya tasdiqlangach, brend uchun brandbook ham ishlab chiqildi.





