BBA — Bilimni baholash agentligi
BBA — Davlat test markazining rebrendingi natijasida shakllangan Bilimni baholash agentligi. Yangi vizual obraz tashkilotning zamonaviy xarakteri va asosiy faoliyatini aks ettirishi kerak edi.
Vazifa:
Tashkilot nomi o‘zgargach, to‘liq rebrendingni amalga oshirish kerak edi. Yangi logotip, universal vizual tizim va firma uslubidan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish asosiy vazifa bo‘ldi.
Yechim:
Logotip konsepsiyasi javoblar varaqasini to‘ldirish jarayonidan ilhomlanib yaratildi va unda BBA bosh harflari aks ettirildi. Shuningdek, turli formatlarga oson moslashadigan noyob patterndan foydalanildi va identikani qo‘llash qoidalari to‘liq brandbook ko‘rinishida ishlab chiqildi.



