DSA Print — rangli va yirik formatli pechat
DSA Print — rangli va yirik formatli chop etish xizmatlariga ixtisoslashgan kompaniya. Brendning vizual obrazi sifatli pechat, yorqin ranglar va oson esda qolish g‘oyalari asosida qurilgan.
Vazifa:
Pechat yo‘nalishi bilan bevosita bog‘liq, auditoriya uchun tushunarli va tez esda qoladigan logotip yaratish kerak edi. Shu bilan birga, xizmat mazmuni va bosma sifatining yuqori darajasini ham ko‘rsatish muhim edi.
Yechim:
Biz logotipda qog‘oz chop etayotgan printer obrazidan foydalandik, markazdagi yulduz esa yuqori sifat va ideal natija ramziga aylandi. Belgining takrorlanishi orqali kompaniya nomidagi D harfi hosil qilindi. Bundan tashqari, logotip gorizontal holatda qizil lola gulini ham eslatadi va shu orqali yanada esda qolarli bo‘lib qoladi.





