Max — xavfsizlik tizimlari
Max — kuzatuv kameralari, domofonlar va kirishni nazorat qilish tizimlarini taklif qiluvchi do‘kon. Loyiha brendning vizual obrazini yangilash va uning taniluvchanligini oshirishga qaratildi.
Vazifa:
Eski logotip o‘z dolzarbligini yo‘qotgan va do‘kon faoliyatini yetarlicha aks ettirmas edi. Xavfsizlik yo‘nalishini ifodalovchi, zamonaviy, noyob va esda qoladigan belgi yaratish kerak edi.
Yechim:
Biz logotipni retro kassetalar uslubidan ilhomlanib ishlab chiqdik. MAX nomi qalin va o‘tkir shakllarda tasvirlandi, A harfiga esa qizil aksent berilib, kuzatuv kamerasi obrazi bilan uyg‘unlashtirildi. Natijada yo‘nalishni aniq ko‘rsatadigan va esda qoladigan logotip yaratildi.














