Wateron — suv filtri
Wateron — granulalangan faol ko‘mir asosida ishlaydigan suv filtrlari brendi. Mahsulot uchun o‘rta segmentga mos, sodda va esda qoladigan vizual obraz yaratildi.
Vazifa:
Yangi suv filtri uchun naming, logotip va qadoq dizaynini ishlab chiqish kerak edi. Asosiy maqsad — tushunarli nom yaratish va brendni raqobat kuchli bo‘lgan bozorda ajratib turadigan vizual tizim shakllantirish.
Yechim:
Biz Wateron nomini taklif qildik va uni toza suvdan ishonch bilan foydalanish g‘oyasi bilan bog‘ladik. Logotip uchun quvurlarni eslatuvchi shakllarga ega tipografik yechim yaratildi, r harfi esa suv tomayotgan jo‘mrak obraziga moslashtirildi. Yakunda mahsulot uchun suv mavzusiga mos ranglar va grafik elementlardan foydalangan holda qadoq dizayni ishlab chiqildi.







