Nazif — tish cho‘tkalari uchun dizayn konsepsiyasi
Nazif — nomi ozodalik va pokizalik ma’nosini ifodalovchi tish cho‘tkalari brendi. Loyihaning asosiy maqsadi mahsulot uchun yagona va esda qoladigan vizual obraz yaratish edi.
Vazifa:
Ish boshlanishidan oldin mahsulotlarda yagona vizual uslub mavjud emas edi. Bozordan olingan insightlar va tajribamizni birlashtirib, yaxlit dizayn tizimini yaratish hamda mahsulotni rastada ajratib ko‘rsatish kerak edi.
Yechim:
Logotipdagi F harfini tish pastasi obrazi bilan uyg‘unlashtirdik va qadoqni raqobatchilar orasida ajratib turishi uchun qizil rangni asosiy aksent sifatida tanladik. Konsepsiya tasdiqlangach, dizayn bosmaga tayyorlandi.







