Tashkent Slasti — oziq-ovqat distribusiyasi

Tashkent Slasti — oziq-ovqat distribusiyasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya. Uning vizual obrazi Toshkentning tarixiy ruhi va zamonaviy grafik uslub uyg‘unligiga asoslangan.

LogoBranding

Vazifa:

Distribusiya kompaniyasi uchun Toshkent bilan bog‘liqligini ko‘rsatadigan, milliy ruhni ifodalaydigan va shu bilan birga zamonaviy hamda esda qoladigan logotip yaratish kerak edi.

Yechim:

Biz Ko‘kaldosh madrasasi minorasidagi mozaika naqshlaridan ilhomlandik va ularni yirikroq, ifodaliroq belgiga aylantirdik. Ushbu element bir tomondan qadimiy Toshkent ruhi va o‘zbek madaniyatini eslatsa, boshqa tomondan piksel grafikani yodga soladi. Natijada logotip milliylik va modern uslubni o‘zida uyg‘unlashtirdi.

Tashkent Slasti — oziq-ovqat distribusiyasi

Kuchli brendgacha

bir qadam

Vazifani ayting
bepul muhokama qilamiz

Yuborish