Mana Benzin — sayyor yoqilgʻi quyish xizmati uchun logotip
Mana Benzin — maxsus avtomobil yordamida sayyor yoqilgʻi quyish xizmatini taqdim etuvchi kompaniya. Nomi ham, logotipi ham noyob, sodda va tushunarli tarzda ishlangan loyiha.
Vazifa:
Maxsus avtomobil bir vaqtning oʻzida reklama vazifasini ham oʻtashi kerak. Shu bois oldimizda bir koʻrishda xizmat haqida tasavvur uygʻotadigan, oson esda qoladigan logotip yaratish vazifasi turgandi.
Yechim:
Koʻrib turganingizdek, biz yoqilgʻi quyish shoxobchasidagi pistoletni asos qilib oldik. Uni shunday shaklda ifodaladikki, natijada Mb shakli, yaʼni “Mana benzin” soʻzlarining birinchi harflari aks etdi. Bunda M harfi shlangni, b harfi esa pistoletning oʻzini anglatadi. Logotipning turli ranglardagi variantlari taklif etildi, ammo yakunda qora, oq va feruza ranglari uygʻunligi eng munosibi deb topildi. Sizning ham kompaniyangizga shu kabi noyob logotip kerak boʻlsa, bizga murojaat qiling.
























