Hamkor Telekom — internet-provayder va LED-reklama uchun logotip
Hamkor Telekom ikki yoʻnalishda ishlaydi: internet-provayding va LED-ekranli bannerlar xizmati. Kompaniyaga ulanish shartnomasida ham, yoʻl boʻyidagi yorqin ekranda ham birdek ishonchli koʻrinadigan belgi kerak edi.
Vazifa:
Ikki yoʻnalish — bitta brend. Logotip internet va tashqi LED-reklamani birlashtirishi, bir qarashda oʻqilishi va jiddiy koʻrinishi kerak edi: provayder mijozlari bezakka emas, barqarorlikka ishonadi. Asosiy insaytimiz: H harfining ichida ikkinchi harf — T uchun joy bor. Faqat chiziq bilan emas, boʻshliq bilan ishlash kerak.
Yechim:
Logotip jiddiy, tekis chiziqli va oʻtkir burchakli uslubda ishlangan. Oq rangdagi H — kompaniya nomining birinchi harfi, harfning boʻsh maydonidan samarali foydalanish uchun esa negative space uslubida T harfi mohirona ifodalangan. Yuqori qismidagi oq toʻrtburchak kompaniyaning ikkinchi yoʻnalishi — LED-ekranli bannerlarga ishora qiladi. Kompaniya nomi mos shriftda yozilgan, ostiga esa uning inglizcha shiori — “Continuous improvement” (“doimiy taraqqiyot”) tushirilgan. Firma qizil rangi, gaydbuk va tashuvchilar — vizitkalardan tortib bayroq, forma va brendlangan avtomobilgacha — ofisda ham, koʻchada ham ishlaydigan yagona tizimga aylandi. Gʻoya sizga yoqdimi? Fikrlaringizni kutib qolamiz!




























