Sayqal Charm — charm mahsulotlari
Sayqal Charm — tabiiy charmdan mahsulotlar tayyorlashga ixtisoslashgan ustaxona. Brendning vizual obrazi hunarmandchilik ruhi va charm mahsulotlariga xos elementlarga asoslangan.
Vazifa:
Ustaxona yo‘nalishini aniq ifodalaydigan, charm mahsulotlari bilan bog‘liq hamda sodda, ifodali va turli tashuvchilarda qo‘llash uchun qulay logotip yaratish kerak edi.
Yechim:
Logotipning asosiy shakli sifatida charm mahsulotlarini tikishda ishlatiladigan andaza obrazidan foydalandik. Markazga brend nomini joylashtirib, qalin va qiya tipografiyani tanladik. Natijada Sayqal Charm faoliyati va hunarmandchilik xarakterini aniq ifodalovchi lakonik logotip yaratildi.



