Aslan Tea — choy fabrikasi
Aslan Tea — O‘zbekiston ichki bozori uchun yaratilgan choy brendi. Brend asosida sifat, foydalilik va Samarqandning madaniy merosi g‘oyalari mujassam.
Vazifa:
Iste’molchilarni sifatli va foydali choylar bilan ta’minlash missiyasini aks ettiradigan, shu bilan birga Samarqand va mahalliy madaniyat bilan kuchli bog‘liqlikka ega yangi choy brendini yaratish kerak edi.
Yechim:
Biz “arslon” so‘zining turkiy shakliga asoslanib, Aslan Tea nomini yaratdik. Logotipda Sherdor madrasasi peshtoqidagi arslon obrazi va choy barglarini birlashtirdik. Brend pozitsiyasini kuchaytirish uchun esa “Samarkand Tea Culture” shiori ishlab chiqildi.



