HerboLabz — BFQ ishlab chiqaruvchisi uchun logotip
Biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqaruvchi korxona uchun logotip yaratdik. Logotip kompaniya faoliyatini ochib berishi muhim edi: tabiiy xomashyo va laboratoriya ishi.
Vazifa:
Biologik faol qoʻshimchalar (BFQ) asosan dorivor giyohlar va tabiiy mahsulotlardan tayyorlanadi. Bu kompaniya nomida ham aks etgan: lotin tilidagi herba soʻzi “oʻsimlik”, “oʻt-oʻlan”, “giyoh” degan maʼnoni anglatadi, Labz esa laboratoriyaga ishora qiladi. Oldimizdagi vazifa — brendning ikki asosini bitta belgida birlashtirish edi: tabiat va ilmiy yondashuv. Xaridor shunchaki “yashil” logotipni emas, balki mahsulotini laboratoriyada tekshiradigan ishlab chiqaruvchini koʻrishi kerak.
Yechim:
Shu nuqtai nazardan biz logotipda tabiatni ifodalovchi barglardan foydalandik. Barglarni kolba — kimyoviy stakan tasviri bilan boyitdik. Bu kompaniyaning laboratoriya tadqiqotlari asosida faoliyat yuritishiga ishora qiladi. Natijada barg va stakanlar uygʻunlikda yaxlit bir H harfini hosil qilmoqda. Belgi oq va yashil fonda, gorizontal va vertikal koʻrinishda yaxshi oʻqiladi. Uni C vitamini bankasi, blank, vizitka va konvert, krujka, sumka hamda laboratoriya xalatining choʻntagida koʻrsatdik. HerboLabz kompaniya faoliyatini ortiqcha soʻzlarsiz ochib beradigan belgiga ega boʻldi. Logotipga baho bering, fikrlaringizni kutib qolamiz!









