XYZ BURGER — BURGER BRENDI UCHUN LOGOTIP
XYZ Burger — turli avlodlarni ta’m va atmosfera orqali birlashtiruvchi burger brendi uchun logotip va vizual konsepsiya ishlab chiqish. Dizayn burgerni ushlab turgan qo‘llar, XYZ BURGER yozuvi va eriyotgan pishloq effektidagi Z harfiga asoslangan.
Vazifa:
Loyihaning asosiy g‘oyasi neymingning o‘zidayoq yashiringan: uch turli avlod, uch xil did va dunyoqarashni bir joyda birlashtirish. Timsol agentligining vazifasi bu mantiqni kuchli vizualga aylantirib, barcha avlod vakillari uchun birdek tushunarli va ishtaha ocharli logotip ishlab chiqish edi.
Yechim:
Asosiy vizual yechim sifatida burgerni tutib turgan qo‘llar obrazi tanlandi va grafik jihatdan mukammal holatga keltirildi. Qo‘llar orasidagi odatiy go‘shtli kotlet o‘rnini “XYZ BURGER” yozuvi egalladi. “Z” harfini esa erib, oqib tushayotgan pishloq effekti bilan yanada jonlantirdik. Ishtahani maksimal darajada ochish uchun brendingning asosiy rangi sifatida yorqin qizil rang tanlandi. Bu dadil vizualni mantiqan to‘ldirish uchun “ВКУС ПОКОЛЕНИЙ!” (Avlodlar ta’mi) sloganini taqdim etdik.










