Agach — mebel korxonasi uchun logotip
Agach — ikki aka-uka boshqaradigan oilaviy mebel korxonasi. Biz nom topdik va minimalistik, ammo ma’noga boy kombinatsiyalangan logotip yaratdik.
Vazifa:
Mebel korxonasi uchun yog‘och bilan ishlashni va kompaniyaning oilaviy xarakterini aks ettiruvchi nom topish va logotip yaratish.
Yechim:
Ishni nom topishdan boshladik: Agach turk tilida «daraxt», «shajara» degan ma’noni anglatadi — bu yog‘ochga va oilaviy biznesga ishora. Logotipda A harfini daraxt shakli bilan birlashtirdik, uning ikki oyog‘i esa korxona tayanchi bo‘lgan aka-ukani bildiradi. Identika elementi sifatida daraxt halqalarini oldik — ular kompaniyaning ko‘p yillik tajribasini ko‘rsatadi.





