BOLAJON CITY MALL УЧUN LOGOTIP

Bolajon city mall — taniqli bloger Jahongir Xo‘jayev (Sariq bola) tomonidan asos solingan yirik oilaviy savdo majmuasi. Bu g‘oya real hayotiy og‘riqlardan kelib chiqqan: onalar bolalar bilan ovora bo‘lib, ko‘pincha o‘ziga vaqt ajratolmaydi, shoping va fitnes qolib ketadi. Shu muammoni hal qilish uchun O‘zbekistonda hali o‘xshashi yo‘q, hamma narsani — qozon, kiyim-kechak, posteldan tortib, bolalar sartaroshxonasi va fitnes zaligacha bir joyda jamlaydigan majmua o‘ylab topildi. Asosiysi, bu yerda yo‘q narsaning o‘zi yo‘q bo‘ladi.

LogoBranding

Vazifa:

Bozorni va Sergelidagi bo‘lajak majmuaning katta binosini o‘rganib chiqqach, ushbu noyob formatdagi loyiha uchun logotip va aydentika yaratish. Loyihaning bolajonlarga xos pozitiv ruhini ochib beruvchi hamda asoschisining shaxsiy brendi bilan yaqindan assotsiatsiya qilinadigan, odamlar xotirasida tez muhrlanadigan vizual obrazni ishlab chiqish.

Yechim:

Biz mijozga ikkita variant taqdim etdik va ular shlyapali variantni tanlashdi. Negaki xalq Jahongir Xo‘jayevni aynan o‘sha mashhur sariq shlyapasi orqali yaxshi taniydi. Shundan ilhomlanib, biz quvnoq brend qahramonini (maskotni) yaratdik: sariq shlyapani jonlantirib, unga ko‘zchalar, tabassum va sakragan holatdagi qo‘l-oyoqlar qo‘shdik. Ostiga esa o‘qilishi oson shriftda “Bolajon city mall by SARIQ BOLA” deb yozib qo‘ydik. Logotip tasdiqlangach, majmua uchun to‘liq brendbuk ishlab chiqildi. To‘g‘ri va puxta ishlangan logotip brendning haqiqiy yuragiga aylandi. Bugungi kunga kelib loyiha haqiqiy mega-xitga aylandi: Instagram'da 1.9 million obunachisi bor, ko‘plab taniqli insonlar o‘zlari kelib obzorlar qilyapti va tez orada 2- hamda 3-filiallari ochilishi kutilmoqda.

BOLAJON CITY MALL УЧUN LOGOTIP

Kuchli brendgacha

bir qadam

Vazifani ayting
— bepul muhokama qilamiz

Yuborish