Fatimah — ayollar sogʻlomlashtirish markazi uchun logotip

Nafis auditoriya uchun nafis logotip. Fatimah — ayollar uchun keng qamrovli sogʻlomlashtirish markazi. Markazda ayollar ham jismonan, ham ruhan hordiq chiqarishlari, salomatliklarini tiklashlari va oʻzlariga boʻlgan ishonchni oshirishlari mumkin.

LogoBranding

Vazifa:

Mijoz oldimizga qoʻygan vazifaga koʻra, logotip: — sharqona obrazda ayollarga xos boʻlgan nozik jihatlarni oʻz ichiga olishi; — bir koʻrishda sodda, tushunarli oʻqilishi; — va mahsulotni ifodalashi kerak edi.

Yechim:

Biz shu talablarga koʻra markaz uchun original logotip tayyorlab berdik. Logotip markaz yoʻnalishiga mos ravishda nafis va sharqona uslubda ishlandi: uning birinchi F harfi ayollik hayosi, nafosatini aks ettiruvchi ayol tasviri bilan ifodalandi. Bu logotipda sokin, xotirjam va sogʻlom ayol qiyofasini ham koʻrishimiz mumkin. Sharqonalik, milliylik va anʼanalarga urgʻu qaratish maqsadida logotipga oʻrangan ayol obrazini tushirish gʻoyasi ham bor edi bizda. Ammo markaz auditoriyasi qamrovini cheklab qoʻymaslik uchun ayol obrazini abstrakt usulda ishladik. Tipografikada yumshoq, keskin burchaklari boʻlmagan shriftga urgʻu qaratdik. Rang tanlashda esa nafis, binafsharang rayhondan ilhomlandik, qoʻshimcha ravishda mayin pastel ranglaridan foydalandik. Sizga ham shunday betakror logotip kerak boʻlsa, bizga murojaat qiling.

Fatimah — ayollar sogʻlomlashtirish markazi uchun logotip

Kuchli brendgacha

bir qadam

Vazifani ayting
— bepul muhokama qilamiz

Yuborish