Mega Food — oziq-ovqat yetkazib beruvchi kompaniya uchun logotip

Maktablar, bogʻchalar va boshqa muassasalar har kuni yangi mahsulot kutadi — Mega Food esa ularni oʻz vaqtida yetkazib beradi. Ushbu kompaniya uchun biz faoliyatini bir ogʻiz soʻzsiz tushuntirib beradigan logotip yaratdik.

LogoBranding

Vazifa:

Mega Food maktab, bolalar bogʻchasi kabi turli idora va tashkilotlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaydi. Kompaniyaga faoliyatini birinchi qarashdayoq tushuntiradigan va esda qoladigan belgi kerak edi — furgonda ham, qutida ham, xodimlar formasida ham. Biz uchun asosiysi — shunchaki chiroyli rasm emas, balki maktab direktoriga ham, yoʻldagi haydovchiga ham birdek tushunarli logotip yaratish edi.

Yechim:

Logotipni sodda va tushunarli uslubda ishladik: unda turfa xil oziq-ovqat mahsulotlari 2D shaklda aks ettirildi. Bunday logotip korxona faoliyati haqida aniq tasavvur uygʻotadi va esda qolish ehtimolini oshiradi. Undan hatto pattern sifatida ham foydalanish mumkin: mahsulotlar furgon va fura bortlari, qutilar, sumkalar va qadoqlar boʻylab “sochilib” ketadi. Logotipni yaxshiroq namoyish qilish uchun uning turli joylardagi koʻrinishlarini koʻrsatib oʻtdik: xodimlar formasi, sumka, yuk mashinalari, furgonlar, qadoq, bochka va poddondagi qutilar. Toʻq koʻk fon mahsulotlarni yanada yorqin qiladi — hatto mashinalar oqimida ham brend bir zumda koʻzga tashlanadi.

Mega Food — oziq-ovqat yetkazib beruvchi kompaniya uchun logotip

Kuchli brendgacha

bir qadam

Vazifani ayting
— bepul muhokama qilamiz

Yuborish