Vodiy organics — tovuq tuxumlari uchun logotip va qadoq
Buyurtmachi — tuxum savdosi bilan shugʻullanuvchi Vodiy organics korxonasi. Unga bir qarashda ichida nima borligi tushunarli boʻladigan logotip va qadoq kerak edi.
Vazifa:
Logotip sodda va bir vaqtning oʻzida korxona faoliyatini namoyon qiladigan boʻlishi kerak edi. Shu bois biz korxona nomini logotip uchun asos qilib olib, uning birinchi harfiga diqqatimizni qaratdik.
Yechim:
V harfining ilmogʻiga ozgina ishlov berdik, uning ochiq joyiga tuxum joylashtirdik. Natijada yaxlit tovuq shakli paydo boʻldi. Boshqa tarafdan, V harfining ichida qovurilgan tuxum tasviri ham aks etmoqda. Qadoq dizaynini boyitish uchun tovuq illyustratsiyasi, qishloq xoʻjaligi muhitini ochib beruvchi tasvirlarni joylashtirdik. Shu uslubni yetkazib berish mashinasi brendingiga ham koʻchirdik. Yakunda oddiygina, tushunarli va jozibador tuxum mahsuloti qadogʻi hosil boʻldi.










